"Tomorqa biznes" mikroqarzi
Xonadoningizda biznesni yo'lga qo'ying


Foiz stavkasi
24%

Kredit miqdori
17 mln so'mgacha

Kredit muddati
48 oygacha
Mikroqarzni hisoblash
Hisoblash usuli
Kreditning istalgan summasi
Sug'urta xarajatlari
0 so‘m
0% yiliga
1,000,000 so‘m
6 oy
Asosiy ma'lumotlar
Kredit valyutasi — so'm.
Kredit maqsadi — poliz ekinlarini yetishtirish, parranda yoki qoramol boqishdan tortib, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda biznesni tashkil.
Yillik foiz stavkasi — 24%.
Kredit miqdori — 17 mln. so'mgacha.
Kredit muddati — 48 oygacha.
Maksimal imtiyozli davr — 6 oy (differensial grafikda).
To’lov turi — annuitet (muntazam vaqt oralig'ida teng miqdorda) yoki hajmi kamayib boruvchi miqdor (differensial).
Biznesni rivojlantirish bankiga biriktirilgan mahallalar aholisi uchun:
Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar.
Qarz oluvchi-kredit olish uchun murojaat qilgan kuni 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan o ' zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ilgari olingan kreditlar va boshqa majburiyatlar bo'yicha muddati o'tgan qarzlarning yo'qligi;
Kerakli hujjatlar
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
daromadlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar/elektron maʼlumotlar (bankning dasturiy taʼminoti orqali ham olinishi mumkin);
taʼminotga doir hujjatlar. Agar taʼminotga mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Kredit olish jarayonida mijozning o‘rtacha oylik daromadi quyidagi tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlar asosida aniqlanadi:
Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi (oxirgi 6 oy davomida uzluksiz to‘lab borilgan bo‘lishi lozim. Mehnat ta’tili yoki ish haqi kechiktirib to‘langan davrlar hisobga olinmaydi).
Pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya badallari asosida baholanadi.
To‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Foizlar, dividendlar yoki mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar asosida hisoblanadi.
Bank hisobvaraqlari va bank kartalariga tushgan tushumlar asosida baholanadi (oxirgi 6 oy davomida muntazam tushgan bo‘lishi kerak).
Mavsumiy ish bilan shug‘ullanadigan shaxslar uchun esa, oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy uzluksiz olingan daromadlar asosida aniqlanadi.
Mazkur ma’lumotlar, zaruratga qarab, bankning maxsus elektron tizimi orqali avtomatik ravishda olinishi mumkin.
Kredit uchun ariza
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi.
Mutaxassisimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.