Bir Mahalla – Bir Biznes
O‘zini o‘zi band qilganlar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirishga 100 mln. so‘mgacha mikrokredit
Foiz stavkasi
21%
Kredit miqdori
100 mln. so'mgacha
Kredit muddati
84 oygacha
Mikroqarzni hisoblash
Hisoblash usuli
Kreditning istalgan summasi
Sug‘urta xarajatlari
0 so‘m
0% yiliga
1,000,000 so‘m
6 oy
❗ Kredit bank filialiga biriktirilgan tuman (shahar) mahallalari kesimida ajratiladi. Batafsil maʼlumot uchun eng yaqin filialga murojaat qiling.
Kredit maqsadi | O‘zini o‘zi band qilish tartibida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish |
Pul birligi | Milliy valyutada |
Boshlang'ich badal | Ko‘zda tutilmagan |
Foiz stavkasi | 21% |
Kredit miqdori | 100 mln. so‘mgacha. Qarz oluvchining boshqa banklardagi barcha mikrokreditlari qoldig‘i bilan birga jami qarzdorlik 300 mln. so‘mdan oshmasligi lozim |
Kredit muddati | 84 oygacha (7 yilgacha) |
Imtiyozli davri | 24 oygacha (differensial grafikda) |
Grafik | Annuitet/differensial |
Ajratish usuli | Qarz oluvchining BRBda ochilgan bank kartasiga |
Taʼminotga talablar | Rasmiy daromadga ega jismoniy shaxs kafilligi yoki likvidli mol-mulk garovi. Garov taʼminotini sug‘urtalash kreditning to‘liq muddatiga tuziladi |
Kredit qoplanishi | Taʼminotning miqdori kredit summasining 125%dan kam boʻlmasligi lozim |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi |
Kreditni olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan (65 yosh ham kiradi) boʻlishi |
Davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan va kamida 6 oy ijtimoiy soliq toʻlab kelgan boʻlishi |
Kredit va foizlarni toʻlov jadvaliga muvofiq toʻlash uchun yetarli daromad manbaiga ega boʻlishi |
Joriy muddati oʻtgan qarzdorligi boʻlmasligi |
Tadbirkorlik faoliyatini doimiy yashash manzilida amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishi |
Biznesni rivojlantirish banki tizimida ushbu kredit turidan foydalangan oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga mazkur kredit bo‘yicha joriy qarzdorligi toʻliq soʻndirilgan taqdirda qayta foydalanishga ruxsat beriladi |
1. Pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjat |
2. Daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
4. Ijtimoiy soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoki maʼlumotnoma |
5. Taʼminotga doir hujjatlar |
6. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha qarz oluvchi tomonidan ishlab chiqilgan biznes reja (tavsiyaviy namuna sifatida ilova qilinadi) |
Kredit uchun ariza
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi.
Mutaxassisimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.