Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Uy-joy ta’miri uchun ipoteka

Dastlabki to'lovsiz ta'mirlash ipotekamiz bilan uyingizni yaxshilang

Foiz stavkasi

25% dan

Boshlang'ich to'lov

Talab etilmaydi

Kredit miqdori

10 yilgacha

Nima uchun bu ipotekani tanlash kerak?

  • Yashash sharoitlarini yaxshilash;

  • Dastlabki to'lovsiz mavjud moliyalashtirish shartlari;

  • Mulk qiymatining oshishi.

Qanday qulayliklar mavjud?

  • Boshlang‘ich badal to‘lovsiz kredit olish imkoniyati mavjud- ta’mirlash uchun o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi talab etilmaydi.

  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham kredit ajratish imkoniyati- rasmiy ish joyiga va daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga ham kredit ajrailishi mumkin.

  • Kredit mablag‘ini bank plastik kartasiga o‘tkazish – mablag‘laringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri karta orqali ishlatish qulayligi yaratilgan.

  • Yaqin qarindoshlarga tegishli uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti – ota-onangiz yoki boshqa yaqin qarindoshlarga tegishli uylarni ta’mirlash uchun ham kredit ajratiladi.

Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi — uy-joy/xonadon ta’mirlash uchun.

Kredit valyutasi — so'm.

Kredit muddati — 3 yildan 10 yilgacha,  biroq  kredit  muddatida  qarz oluvchining  yoshi  75dan  oshib  ketmasligi  lozim  (ya’ni  72 yoshli fuqaroga 3 yil  muddatga  kredit  airatish  mumkin).

Foiz stavkasi:

Ish haqi loyihasi doirasida

Standart

Kredit foiz stavkasi

25%

26%

Boshlang‘ich badal —  talab etilmaydi.

Kreditning eng ko‘p miqdori:

  • Toshkent shahrida –  412 000 000 so‘m (BHMning 1000 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda);

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda –   288 400 000 so‘m (BHMning 700 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda). 

To'lov usuli: annuitet (teng vaqt oralig'ida teng miqdorda) yoki differentsial (hajmi har safar kamayadigan miqdor);

Imtiyozli davr — 6 oy.

Kredit ajratish usuli — shartnomaga asosan qurilish materiallari, xizmatlar uchun ishlab chiqaruvchi va/yoki savdo korxonasining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki bankda ochilgan maxsus plastik kartasiga tushurib beriladi. Bunda, ipoteka kreditining 20 % gacha qismi usta/ishchilarning mehnatiga haq to‘lash uchun qarz oluvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berilishi mumkin.

Kredit ta’minoti — kredit hisobiga ta’mirlanadigan yakka tartibdagi uy-joy/xonadon.

Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 72 yoshdan oshmagan (72 yosh ham kiradi) bo‘lishi;

  • doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslar;

  • ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kredit (mikroqarz)lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar;

Kerakli hujjatlar

  • fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;

  • Davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan (muhr yoki QR-kod orqali) jismoniy shaxsning daromadi to'g'risida deklaratsiya.;

  • ta’mirlanayotgan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestridan ko‘chirma nusxasi;

  • mustaqil baholovchi tashkilotning uy-joy qiymatini baholash hisoboti;

  • uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha smeta hisob-kitobi.

  • rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma'lumot olish imkoni bo'lmagan hollarda, ishberuvchi tomonidan tasdiqlangan va/yoki rasmiy sayt (my.gov.uz, Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali) orgali olingan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda-ishlagan davr uchun,biroq oxirgi 6 oydan kam bo'lmagan muddatga) olgan daromadlari to'g'risidagi m a l u m o t n o m a ,gonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlari to'g'risidagima'lumotnoma;

Axborot varaqasi 24.04 KB docx

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.