Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Endi BRB LIFT — ayol tadbirkorlar uchun!

Chuqur amaliy tahlil, tajribali mentorlar bilan ishlash va investitsiya jalb qilish imkoniyati — barchasi BRB LIFT: Ayol tadbirkor realiti shousida

Ishtirok etish sizga nima beradi?

Mutlaqo bepul reklama va keng ko‘lamli mashhurlik

Loyihada ishtirok etish biznesingizni O‘zbekistonning eng yuqori reytingli telekanallaridan biri — efirlarida hech qanday reklama xarajatlarisiz ommaviylashtirish demakdir.

Murabbiylik va foydali hamkorlik maydoni

Ishtirokchilar ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlar va biznes-murabbiylar bilan yelkama-yelka ishlaydilar hamda biznesni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladilar. Loyiha nufuzli ishbilarmonlar davrasiga kirish imkonini beradi va o‘z biznesingizga professional sarmoyador ko‘zi bilan qarashga o‘rgatadi.

500 million so‘m sovrin va yirik investitsiyalar

Loyiha finalchilari 500 million so‘m miqdoridagi sovrinni qo‘lga kiritish hamda hal qiluvchi bosqichda o‘z bizneslarini yirik sarmoyadorlarga taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu — biznesingizga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish va uning o‘sish sur’atini bir necha barobar tezlashtirish uchun real imkoniyatdir.

Qanday qilib qatnashish mumkin?

Arizani onlayn to‘ldiring

BRB LIFT Telegram-boti orqali bir necha daqiqada ariza yuboring.

Kasting bosqichini kuting

Loyiha ekspertlari arizangizni o‘rganib chiqadi va sizni suhbatga taklif qiladi.

Ishtirokingizni tasdiqlang

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar loyihaning TV-bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Ko'p beriladigan savollar

BRB-LIFT loyihasida kimlar ishtirok etishi mumkin?

Loyihada kamida 1 yil ishlayotgan biznesga ega bo‘lgan "ayol tadbirkorlar" qatnashishlari mumkin. Ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50%dan yuqori bo‘lgan va ayollar rahbarligida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari / tadbirkorlar.

Ishtirokchilarning yoshi, hududi yoki faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha cheklovlar yo‘q — biz uchun loyihaning o‘sish salohiyati muhim.


Tayyor biznes yoki sotuvlar mavjud bo‘lishi shartmi?

Ha. Loyihaga kamida 1 yil ishlayotgan biznes egalari ishtirok etishi mumkin.

Loyihada ishtirok etish pullikmi?

Yo‘q. BRB-LIFT loyihasida ishtirok etish mutlaqo bepul. Loyiha tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, hech qanday a’zolik yoki tashkiliy to‘lovlar talab qilinmaydi.

Televizion bosqichga necha nafar ishtirokchi yo‘llanma oladi?

Kasting bosqichida 90 tagacha eng yaxshi loyihani saralab olish rejalashtirilgan. Aynan shu bosqichdan boshlab loyihaning telekanaldagi televizion qismi boshlanadi. Shuni yodda tutingki, saralangan barcha loyihalar ham tele-efirga chiqmasligi mumkin.

Loyiha g‘olibiga qanday mukofat bor?

Loyiha g‘olibi 500 000 000 so‘m miqdoridagi grantni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, g‘olibga butun mamlakat miqyosida tanilish, media tomonidan qo‘llab-quvvatlanish va biznesini kengaytirish uchun yirik investorlarni jalb qilish imkoniyati beriladi.

Loyiha reglamenti 271.09 KB pdf
Oferta shartnomasi 263.90 KB pdf

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.