Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Hurmatli mijozlar!

2024-yil 26-fevraldagi AKB "Biznes rivojlanish banki" Boshqaruvining 35-sonli qaroriga muvofiq, yuridik shaxslar uchun bank xizmatlari tariflariga o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan. Yuridik shaxslar uchun bank xizmatlari tariflaridagi o'zgarishlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Asosiy o‘zgarishlar:

96(a), 96(b) va 97-bandlar chiqarib tashlandi.
Oldin amal qilgan tariflar haqiqiy emas deb topilib, ularning o‘rniga yangi tahrirlar kiritildi.
96 va 97-bandlarning yangi tahriri:
96-band: Tadbirkorlik subyektlarining milliy valyuta (so‘m)dagi mablag‘larini xorijiy valyutaga konversiya qilish operatsiyalari faqat bank tomonidan belgilangan kurs asosida amalga oshiriladi.
97-band: Tadbirkorlik subyektlarining xorijiy valyutani milliy valyuta (so‘m)ga konversiya qilish operatsiyalari ham bank tomonidan belgilangan kurs asosida amalga oshiriladi.

Sud qarori yoki Majburiy ijro byurosi (MIB) buyrug‘iga asosan amalga oshiriladigan operatsiyalar bundan mustasno. Bunday hollarda mablag‘lar operatsiya o‘tkazilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha davlat foydasiga o‘tkaziladi.

Diqqat! O‘zgarishlar 2024-yil 14-dekabrdan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qisqa raqam 1254 ga murojaat qiling.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.