"Yoshlar kuni": Tajriba va istiqbol uchrashuvi
Bugun an’anaga ko‘ra, "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan "Biznesni rivojlantirish banki" ATBda bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Baxromxoʻja Sharipov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bank sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, yosh mutaxassislarning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tajriba — eng katta maktab B.Sharipov muloqot davomida oʻz hayotiy va kasbiy tajribalari bilan oʻrtoqlashar ekan, muvaffaqiyat kaliti tinimsiz mehnat, doimiy bilim olish va masʼuliyatni his qilishda ekanini alohida taʼkidladi. Shuningdek, rahbariyat vakili bu kabi uchrashuvlarning yoshlar kelajagi va bankning strategik rivojlanishidagi ahamiyatiga toʻxtaldi.
"Bugungi yoshlar — bank tizimining ertangi yuzidir. Bizning maqsadimiz nafaqat yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, balki ularda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va yangi marralarga ruhlantirishdir", — dedi B.Sharipov.
Tadbir yakunida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bankni rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.