Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
E'lon

“Yosh tadbirkorlar” forumiga marhamat!

11.06.2024
2 min

Joriy yilning 20 iyunida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi va “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida “Yosh tadbirkorlar” forumi bo‘lib o‘tadi.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” va 30 iyun – “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan Forumning asosiy maqsadi yosh tadbirkorlar va yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun muloqot platformasini yaratish, yoshlarni biznesga jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdan iborat.

Forum doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB huzuridagi Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar mahsulotlari va yosh startapchilarning innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-sonli qarori asosida biznes loyihalari bank tomonidan moliyalashtirilgan yosh tadbirkorlar ishtirok etadi.

Shuningdek, “Yosh tadbirkorlar” forumi yosh tadbirkorlar uchun muvaffaqiyatli biznes kishilari, taniqli biznes trenerlar bilan tanishish va muloqot qilish imkonini ham yaratadi.

Forum 20 iyun kuni soat 9.00da “Yoshlar ijod saroyi”da boshlanadi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.