Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

YORI-I: tadbirkorlik sohasida o‘qitilgan mentorlarga sertifikatlar topshirildi

11.03.2026
4 min

Joriy yilning 11-mart kuni Nukusda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti va Yaponiyaning Yamagata universiteti hamkorligidagi tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlash boʻyicha birinchi xalqaro taʼlim dasturining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Yamagata universiteti professorlari, mahalliy tadbirkorlar, mentorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yamagata universiteti tadbirkorlik taʼlimi tadqiqot Markazi 2024-yildan beri mamlakatda yosh tadbirkorlarni rivojlantirish maqsadida YORI-I Tadbirkorlik taʼlimi Dasturini amalga oshirib kelmoqda. 2025-yilda mazkur dastur Nukus shahrida davom etdi. “U-HOPE” dasturi doirasidagi toʻrt bosqichli (Kick-off, WS1, WS2, WS3) dasturda 80 nafar tinglovchi:

• Biznesni rivojlantirish banki ATBning 30 nafar xodimi;

• Qoraqalpogʻistondan 50 nafar yosh kadrlar ishtirok etdi.

 Taʼlim jarayoni yaponiyalik yetakchi ekspertlari tomonidan olib borildi. Yamagata universiteti Tadbirkorlik taʼlimi va tadqiqot markazi direktori, professor Tadashi Onodera ham bevosita mashgʻulotlar olib bordi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tadbirkorlarni oʻqitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etilishi ushbu yoʻnalishda katta yutuqlarga erishishga sabab boʻlayotganligini qayd etdi.

Jumladan, Prezidentimizning joriy yil 27-yanvardagi PF-10-sonli Farmonida yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻistonda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar orasidan 50 nafar mentorni tayyorlash vazifasi qoʻyilgan.

Ayni dastur ushbu maqsad yoʻlidagi muhim qadam ekani alohida eʼtirof etildi. Binobarin, ayni paytda mamlakatda aholi sonining tez surʼatlarda oʻsishiga hamohang ravishda, yurtdoshlarimiz, xususan yoshlarning barqaror daromadga ega boʻlish imkonini beradigan bandligini taʼminlash eng dolzarb vazifalardan biridir.

Shundan kelib chiqqan holda, mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tashabbusi bilan va Prezident Farmoni doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan amalga oshirildi.

Bu borada 2024-yilda boshlangan ishlarning tadrijiy davomi sifatida start olgan loyiha 60 soatlik taʼlim: maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar, jamoaviy ish va onlayn darslarni oʻz ichiga oldi. Bunda asosiy yoʻnalishlar: tadbirkorlik tafakkuri, ijtimoiy innovatsiyalar, biznes-modellar ishlab chiqish, hududiy muammolarni yechishdan iborat.

Yana bir ahamiyatli tomoni, tinglovchilar yapon ekspertlaridan ekologiya, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash boʻyicha keys-stadilar bilan boʻlishish imkoniga ega boʻldi. Olingan bilimlar esa, aniq biznes-loyihalar ishlab chiqish asosida amaliy mashgʻulotlar bilan mustahkamlandi.

Mashgʻulotlar orqali Oʻzbekistonda birinchi milliy mentorlar tarmogʻini shakllantirish, yoshlar startaplari va hududiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni biznes orqali hal etishga yapon tajribasini joriy qilish maqsad qilingan.

“Yakuniy biznes-reja taqdimoti va bitiruv marosimi”da tinglovchilar olgan bilimlari asosida, shuningdek, mahalliy sanoat muammolari va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda tayyorlagan biznes gʻoyalarini taqdimot qildi. Loiyahalar mutaxassilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Yakunda tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.