Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Xalqaro investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

18.06.2026
3 min

Joriy yilning 17-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB AQSHning yetakchi investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan StoneX ko‘magida xalqaro investorlar - TB Capital Ltd va VR Capital Ltd vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari, aktivlar sifati, kredit portfeli dinamikasi, likvidlik va kapital yetarliligi darajasi, shuningdek, kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Tomonlarga Bankning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda Bankning xalqaro kapital bozorlariga chiqish istiqbollari, jumladan, yevroobligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish bo‘yicha rejalari va ushbu jarayon doirasida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Investorlar bilan potensial investitsion hamkorlik yo‘nalishlari, xalqaro moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda Bankning xalqaro investorlar bazasini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida investorlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, bank-moliya sektorining izchil rivojlanishi hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim o‘rni va erishayotgan natijalarini alohida e’tirof etdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, muntazam muloqotni davom ettirish hamda xalqaro kapital bozorlarida istiqbolli loyihalarni birgalikda ko‘rib chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur uchrashuv Bankning xalqaro investorlar bilan aloqalarini mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.