“Welcome” tarif paketi aksiya doirasida taqdim etiladi
Hurmatli mijozlar!
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan “Welcome” tarif paketi aksiya doirasida taqdim etilayotganini ma’lum qilamiz. Endilikda ushbu tarif paketidan foydalanishni istagan mijozlar belgilangan aksiya shartlari asosida xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Aksiya doirasida:
tashqi bank to‘lovlari bo‘yicha komissiya bepul;
har bir to‘lov topshiriqnomasi uchun to‘lov 700 so‘m etib belgilangan;
korporativ kartalar emissiyasi bo‘yicha 2 ta Uzcard va 2 ta HUMO karta bepul taqdim etiladi;
korporativ plastik karta hisobvarag‘iga kirim qilingan summalar bo‘yicha komissiya bepul;
oylik abonent to‘lovi bepul amal qiladi.
Mazkur aksiya saytda e’lon qilingan kundan boshlab amal qiladi. Aksiya yakunlanish muddati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot alohida e’lon qilinadi.
Batafsil ma’lumotni bank saytining Tarif paketlari sahifasidagi "Welcome" paket bo'limidan yoki 1254 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.