Diqqat feyk!
Hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmogʻidan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qoʻngʻiroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida oʻzini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda.
❗️Bundan tashqari, firibgarlar Telegram ijtimoiy tarmogʻida Markaziy bank nomidan ochilgan “Markaziy_Banki_uz” soxta kanalida fuqarolarga onlayn kreditlar taklif etib, ularning bank kartalariga oid maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali bank kartasidagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari kuzatilmoqda.
❗️Markaziy bank bu kabi xabar va foydalanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qiladi.
❗️Markaziy bank fuqarolarga quyidagi maʼlumotlarni eslatib oʻtadi:
❗️Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanmasligini yodda tuting.
❗️Fuqarolardan ushbu xabarlarga eʼtibor qaratmaslik va bank kartalari maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik soʻraladi.
❗️Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikatsiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Barcha yangiliklar
Serverlar uchun uzluksiz elektr manbai (UPS) qurilmalarini sotib olish
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.