Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Visa Direct xizmati bilan xalqaro pul o’tkazmalari yanada yaqinroq!

01.07.2024
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB bank mijozlariga qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etishda davom etadi.

Endilikda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozlari Visa Direct xizmati orqali dunyo bo‘ylab xavfsiz va qulay pul mablag‘lari o‘tkazmalarini real vaqt rejimida amalga oshirishlari mumkin. QUANT mobil ilovasining identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari o‘z Visa kartalaridan pul mablag‘larini dunyoning 234 davlatlarida (shu jumladan O’zbekistonda) muomalaga chiqarilgan Visa karta egalariga quyidagi usullarda yuborishlari mumkin:

✅Karta raqami orqali;

✅Telefon raqami orqali (bunda qabul qiluvchi kartasi telefon raqamga bog’langan bo’lishi kerak).

Yuboruvchidan faqatgina Visa kartasi yoki telefon raqami hamda qabul qiluvchining Ismi va Familiyasini ko‘rsatish talab etiladi (O’zbekistonda muomalaga chiqarilgan kartalarga o’tkazmalar amalga oshirilayotganda qabul qiluvchining Ismi va Familiyasini ko‘rsatish shart emas).  

Pul mablag‘lari quyidagi tartibda yuboriladi:

1. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lish; 

2. Ilovadan Visa Direct bo‘linmasiga o‘tish;

3. Yuboruvchi kartani tanlash, qabul qiluvchi karta yoki telefonining to‘liq raqami, qabul qiluvchining Familiyasi va Ismini kiritish hamda o‘tkazma miqdorini ko‘rsatish. 

4. O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin o‘tkazma tafsilotlari qayd etilgan ekrandagi ma’lumotlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish. 

5. O‘tkazmani tasdiqlash.

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.