Video reklama roliklari tayyorlash xizmatini xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan kichik biznes va chakana mijozlar xizmatlarini targ‘ibot etish maqsadida video reklama roliklari tayyorlash xizmatini xarid qilish rejalashtirilgan.
Hozirda kichik biznes va chakana mijozlar xizmatlarini targ‘ibot etish maqsadida video reklama roliklari tayyorlash xizmatini xarid qilish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq xizmatni potensial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatni yetkazib beruvchilaridan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlari koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, Shayxontaxur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 02-mart soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.