Vazifalar va bekloglarni boshqarish tizimini joriy etish axborot tizimini xarid qilish haqida
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Vazifalar va bekloglarni boshqarish tizimini joriy etish” (asosiy funksiyalar: topshiriqlarning bajarilishini boshqarish, bajarilishi nazorat qilish, vazifalarni mas’ul xodimlarga yo‘naltirish) (IT.TECH.25) axborot tizimini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq “Vazifalar va bekloglarni boshqarish tizimini joriy etish” axborot tizimini potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan axborot tizimi yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 14-aprel soat 18-00 ga qadar.
E'lon bo‘yicha batafsil texnik topshiriq bilan bu yerda tanishing.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.