Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bankda “Nafis ayollar” klubi tashkil etildi

28.04.2024
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB  tizimida gender tenglikni taʼminlash, shuningdek, rahbar ayollar sonini koʻpaytirish, xotin-qizlarning kasbiy va shaxsiy oʻsishi, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ayol xodimlarni psixologik va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “BRB Nafis ayollari  klubi” loyihasiga asos solindi.


Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ayol xodimlar uchun muvaffaqiyatli karyera hamda farovon va baxtli oilani parallel ravishda amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.


“BRB Nafis ayollari klubi” loyihasiga nomzodlar har bir mavsum uchun onlayn test sinovlari asosida saralanib, Bosh ofis va barcha hududlardan 61 nafar xotin-qizlar tanlab olindi. Bir mavsum 6 oy davom etadi hamda Hard va Soft skills yoʻnalishidagi treninglardan, amaliy mashqlardan, bank faoliyati boʻyicha biznes keyslar muhokamasidan iborat boʻladi. 


Shuningdek, loyiha davomida muvaffaqiyatli karyera va baxtli oila formulasini amalga oshirayotgan ayol tadbirkorlar, ayol rahbarlar, psixolog, motivator va madaniyat vakillari ham mashgʻulotlarga bevosita jalb etiladi.


Har bir mavsum ishtirokchilarining dunyoqarashi, psixologik, tanqidiy va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, oʻziga boʻlgan ishonchni yuksaltirish maqsadida biznes va shaxsiy rivojlanish boʻyicha kitobxonlik tanlovlari oʻtkazilib, gʻoliblar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi.


Mavsum yakunida bank Boshqaruvi raisi klub aʼzolari bilan uchrashadi.  Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan ayollarga  maxsus diplom taqdim etiladi.
Xodimlarga motivatsiya berish maqsadida, klub faoliyatida faol va namunali ishtirok etgan ayol xodimning muvaffaqiyatli karyerasi toʻgʻrisida videorolik tasvirga olinib, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilish ham rejalangan.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.