Uy-joy va avtotransport vositalari oldi-sotdisida eskrou hisobraqamidan foydalanish tartibi
Hurmatli mijozlar, 2026-yil 1-apreldan boshlab uy-joy hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar eskrou hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, xaridor bankda eskrou hisobraqami ochadi va bitim uchun mo‘ljallangan mablag‘ni ushbu hisobraqamga joylashtiradi. Shundan so‘ng bitim notarial tartibda rasmiylashtiriladi va tekshiriladi. Bitim tasdiqlangach, mablag‘ sotuvchiga o‘tkaziladi. Shu tariqa, to‘lov jarayoni yanada xavfsiz va ishonchli bo‘ladi.
Uy-joy oldi-sotdisi bo‘yicha eskrou xizmati uchun komissiya miqdori 206 000 so‘mgacha, avtotransport vositalari oldi-sotdisi bo‘yicha esa 103 000 so‘mgacha etib belgilangan. Bunda bir bitim uchun komissiya faqat bir marta undiriladi. Agar bitim bekor qilinsa, mablag‘lar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Eskrou hisobraqami mablag‘larning xavfsiz saqlanishini ta’minlaydi, firibgarlik xavfini kamaytiradi va barcha jarayonlarning bank orqali tezkor hamda shaffof amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
BRB bankda eskrou hisobraqamini qisqa fursatda rasmiylashtirib, bitimingiz xavfsizligini ishonchli ta’minlashingiz mumkin.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.