Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

TOP-300dagi OTMlarda oʻqish uchun yoshlar va pedagoglarga taʼlim krediti beriladi

02.03.2026
2 min

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga taʼlim kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.  

 VMQ-88-son, 02.03.2026-y.

Nizom Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan imtiyozli taʼlim kreditini ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, taʼlim krediti quyida talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan, 30 yoshda boʻlgan) va pedagoglarga ajratiladi:

QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) boʻyicha TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan;

Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

Kredit ularning bakalavriat hamda magistratura dasturlarida taʼlim olishlari uchun ajratiladi.

Kredit 1 oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza;

shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);

akademik oʻzlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);

toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha shartnoma hamda oliy taʼlim tashkilotining bank rekvizitlari koʻrsatilgan invoys;

birgalikda qarz oluvchilarning soʻnggi 12 oylik daromadlari yuzasidan maʼlumot;

mehnat daftarchasidan koʻchirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).

Taʼlim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Manba

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.