Tashqi reklama konstruksiyalarida reklama joylashtirish xizmatini xarid qilish
O‘zbekiston Respublikasi hududida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ofislari joylashgan barcha shaharlardagi 225 ta tashqi reklama konstruksiyalarida reklama joylashtirish xizmatini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq xizmatni potensial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar yetkazib beruvchilaridan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlari koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 27-noyabr soat 16-00 ga qadar.
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.