Tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Joriy yilning 22 may kuni “Biznesni rivojlantirish banki” АTB rahbariyati boshchiligida Ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yangi ish oʼrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash hamda istiqbolli loyihalarni qoʼllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga bank xizmatlari, imtiyozli kredit dasturlari, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda zamonaviy raqamli bank xizmatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud masalalarni tezkor va samarali hal etish boʼyicha tegishli choralar belgilandi. Oʼz navbatida, bir nechta tadbirkorlarning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Biznesni rivojlantirish banki – tadbirkorlarni ishonchini qozanadigan va ularni faoliyatini koʼmaklashadigan, tayanadigan bankdir.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.