Shanba kunlari ish tartibi
Sizga mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, bizning ofislarimiz endi shanba kunlari ham ishlaydi!
BRB ofislarida shanba kunlari soat 09:00 dan 16:00 gacha valyuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalarini jo‘natish yoki qabul qilish mumkin.
📅 Xizmatlarimizdan 15-fevral, 22-fevral va 1-mart shanba kunlari foydalanishingiz mumkin. Ushbu kunlarda faoliyat olib boruvchi ofislar roʻyxati va manzillari bilan quyidagi jadvalga o'tib tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, BRB mobil ilovasi 24/7 ishlashini eslatib o'tamiz.
Xizmatlarimizning qulayligi va ishonchliligidan istalgan vaqtda bahramand bo'ling!
№ | Bank tarmog'i nomi | Bank tarmog'i joylashgan manzil |
1 | Beruniy BXM | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 10-uy |
2 | Qo‘rg‘ontepa BXM | Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Andijon ko‘chasi, 243-uy |
3 | Kogon BXM | Buxoro viloyati, Kogon shaxri, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uy |
4 | Pop BXM | Namangan viloyati, Pop shahar Ziyoratgoh ko‘chasi 7a-uy |
5 | Kattaqo’rg’on BXM | Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shaxri, Amir Temur ko‘chasi, 6A-uy |
6 | Jarqo’rg’on BXM | Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, N.Boymurodov ko‘chasi, 1a-uy |
7 | Sho'rchi BXM | Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Bo‘ston MFY Mustaqillik ko‘chasi 117-b uy |
8 | Yakkasaroy BXM | Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Muxandislar MFY, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 53-B uy |
9 | Marg'ilon BXM | Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, O‘rda tagi MFY, Misgarlik ko‘chasi, 53-a uy |
10 | Xonqa BXM | Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Istiqlol MFY, Farovonlik ko‘chasi, 417-uy |