Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Servis menejerlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari

04.03.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘quv markazida yuridik mijozlar amaliyotlari yo‘nalishi bo‘yicha servis menejerlar uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-trening mavzusi:
“Yuridik mijozlar bilan bank operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy va amaliy asoslari”.

Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – bank xodimlarining yuridik mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishdan iborat.

Trening davomida tinglovchilar:

  • kasbiy faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bilim bo‘shliqlarini to‘ldirish;

  • amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini chuqur o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;

  • ish samaradorligini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

O‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usullar asosida tashkil etilib, amaliy misollar va real ish jarayonlari tahlili orqali mustahkamlandi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan xodimlarning professional rivojlanishini ta’minlash, bank xizmatlari sifatini yuksaltirish hamda mijozlarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.