Qurilish pudrat tashkilotini tanlab olish uchun tanlov
Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Chimgan MFY hududida Apart-otel obyektini qurish ishlarini amalga oshirish maqsadida qurilish pudrat tashkilotini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilamiz!
Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Chimgan MFY hududi Sazbet ko’chasi, 192-uy manzilida 0,2 ga yer maydonida belgilangan talablarga asosan zamonaviy, tabiat bilan uyg’unlashgan dizayn asosida Apart-otel bo‘yicha qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida qurilish pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun professional qurilish pudrat tashkilotlar taklif etilmoqda.
Tanlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va ilgari turistik-rekratsion zonalar va turistik markazlarda turizm obyektlarini qurish tajribasiga ega bo‘lgani tanlash g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi va ish tajribasi baholanadi.
Obyekt “BRB-CAPITAL” MCHJ o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlash ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 18 “A”- uyda ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2025-yil 26-fevral kuni soat 10.00 gacha qilib belgilanadi.
Tanlashda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “BRB-CAPITAL” MCHJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.
Mas’ul shaxs telefon raqami: +99897 474 -42-95
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.