Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
E'lon

Qo‘qonda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotini tanlash yuzasidan tanlov

26.08.2025
3 min

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Aziztepa mahallasi, Yangi O‘zbekiston massivida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotini tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilamiz!

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Aziztepa mahallasi, Yangi O‘zbekiston massivida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish maqsadida loyihalash tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun professional loyihalash tashkilotlari taklif etilmoqda.

Tanlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va samarali iqtisodiy takliflar kiritgan tashkilot tanlash g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi va narx (foizda beriladi) taklifi ulushi baholanadi. Qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini inobatga olib, tijoriy takliflarni taqdim qilishda loyiha tashkilotlari loyihaning dastlabki qiymatidan ma’lum bir miqdorda foiz ko‘rinishida o‘z takliflarini berishlari lozim bo‘ladi.

Obyekt buyurtmachining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tanlash ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 282-uy manzilida ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2025-yil 28-avgust kuni soat 16.00 gacha qilib belgilanadi.

Tanlashda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “BRB-CAPITAL” MCHJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.

Mas’ul shaxs telefon raqami: +99890 315-68-80

Axborot-jadvali

Kvalifikatsiya-uchun

Kvalifikatsiya-yangi-loyihachiga

Texnik-topshiriq

Xarid-hujjati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.