O‘quv trening xizmatlarini xarid qilish (qurilish)
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan, Biznes yo‘nalishida faoliyat yurituvchi 38 nafar xodimlar va biznes-menejerlarni investitsion loyihalarini moliyalashtirish va baholash, qurilish yo‘nalishidagi loyihalarni, jumladan ko‘p qavatli uy-joylarni qurishga ajratilayotgan kreditlarni tahlil qilish, bosqichma-bosqich kredit ajratish va uni tasdiqlangan qurilish smeta xujjatlariga mosligini to‘g‘ri o‘rganish, qurilish yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan mijozlarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, kredit arizalarini sifatli ko‘rib chiqish va loyihalarni baholash samaradorligini oshirish hamda kredit risklarini aniqlash va boshqarish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish mavzusida o‘quv trening xizmatlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil -12 oktyabr soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.