Onlayn mikroqarz muddatidan oldin yopilsa, sug‘urta mukofoti qanday qaytariladi?
BRB orqali rasmiylashtirilgan onlayn mikroqarz muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganda, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha foydalanilmagan sug‘urta davri uchun sug‘urta mukofotining tegishli qismini qaytarib olish mumkin.
Bunda sug‘urta mukofoti avtomatik tarzda qaytarilmaydi. Mablag‘ni qaytarish uchun mijoz sug‘urta kompaniyasiga belgilangan tartibda murojaat qilishi lozim.
Sug‘urta mukofotini qaytarish tartibi
1-qadam. BRB ofisiga murojaat qiling
Mikroqarz rasmiylashtirilgan BRB Bank xizmatlari markazi (BXM) yoki Bank xizmatlari ofisiga (BXO) murojaat qiling.
2-qadam. Bank ma’lumotnomasini oling
Bankdan kredit majburiyatlari to‘liq bajarilgani va onlayn mikroqarz to‘liq so‘ndirilgani to‘g‘risida ma’lumotnoma oling.
3-qadam. Sug‘urta kompaniyasiga murojaat qiling
Bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma bilan sug‘urta shartnomasi tuzilgan sug‘urta kompaniyasiga murojaat qiling.
4-qadam. Arizani rasmiylashtiring
Sug‘urta kompaniyasi taqdim etgan sug‘urta mukofotining foydalanilmagan qismini qaytarish bo‘yicha ariza shaklini to‘ldiring.
5-qadam. Zarur hujjatlarni topshiring
To‘ldirilgan ariza va talab etilgan hujjatlarni sug‘urta kompaniyasiga taqdim eting.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
Sug‘urta mukofotini qaytarish uchun, odatda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
BRB tomonidan berilgan kreditning to‘liq so‘ndirilganligi haqidagi ma’lumotnoma;
sug‘urta kompaniyasi belgilagan shakldagi ariza;
sug‘urta kompaniyasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq talab etilishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Qaytariladigan summa qanday hisoblanadi?
Qaytariladigan mablag‘ miqdori sug‘urta davrining foydalanilmagan qismidan kelib chiqib, sug‘urta kompaniyasining amaldagi ichki tartibi va sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq hisoblanadi.
Hisob-kitob va mablag‘ni qaytarish jarayonini sug‘urta kompaniyasi amalga oshiradi.
Mablag‘ qachon qaytariladi?
Sug‘urta mukofotining foydalanilmagan qismi uchun mablag‘ barcha zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab sug‘urta kompaniyasining ichki reglamentida belgilangan muddatlarda mijozga qaytariladi.
Eslatma: BRB kreditning to‘liq so‘ndirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etadi. Sug‘urta mukofotini qaytarish, qaytariladigan summani hisoblash hamda to‘lovni amalga oshirish sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaldagi tartib va sug‘urta shartnomasi asosida bajariladi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.