Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Naqdsiz hisob-kitob tizimi samaralari haqida ma’lumot berildi

30.04.2026
6 min

2026-yil 30-aprel kuni Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB: naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari O.Voxidov, tarkibiy tuzilmalar masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, natijalari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Mavzu yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda Farmon ijrosi doirasida erishigan natijalar aniq raqamlarda ko‘rsatib berildi. Xususan, 56 ta notarial idora bilan muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 238 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi monitoring qilindi, ulardan 224 tasi bank mijozlariga tegishli. Bundan tashqari, 177 ta alkogol mahsulotlari savdo nuqtasi, 34 ta tamaki mahsulotlari savdo nuqtasi hamda 4 ta istirohat bog‘i va bolalar o‘yingohlari faoliyati ham o‘rganildi.

Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida xavfsiz hisob-kitoblarni ta’minlash maqsadida eskrou hisobvaraqlari tizimi keng joriy etildi. Ushbu tizim uchun 2026-yil 30-martdan boshlab maxsus tariflar va komissiyalar tasdiqlanib, amaliyotga kiritildi.

Eskrou xizmatlarini aholiga yanada qulay tarzda taqdim etish maqsadida notariuslar bilan hamkorlik mustahkamlandi. Jumladan, 36 nafar notarius shanba kuni, 12 nafari esa yakshanba kuni xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi. Ofis-menejerlar va universal kassirlar uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqildi, notarial idoralar va bank tizimi o‘rtasidagi jarayonlar esa to‘liq sinxronlashtirildi.

2026-yil 1-apreldan 29-aprelga qadar bo‘lgan davrda 4 215 ta eskrou hisobvarag‘i orqali muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatildi. Ushbu operatsiyalar bo‘yicha umumiy tranzaksiya hajmi 104,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘z navbatida, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida zamonaviy to‘lov infratuzilmasini shakllantirish maqsadida yagona QR-kod tizimi joriy qilindi. Operatorlarni real vaqt rejimida xabardor qiluvchi Telegram-bot ishga tushirildi hamda 24/7 texnik ko‘mak xizmati tashkil etildi. Joylardagi muammolarni tezkor hal etish uchun maxsus Telegram ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish maqsadida bank tomonidan qator aksiyalar va bonus dasturlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 1-apreldan boshlab 20 kun davomida barcha “Uzcard” va “Humo” kartalarini bepul emissiya qilish tizimi joriy etildi. Bundan tashqari, yangi ochilgan “Uzcard” kartalari egalari uchun “BRB TURBO” nomli maxsus yutuqli promo-aksiya tashkil etildi.

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yangi “Humo” kartasi orqali 80 ming so‘mdan yuqori to‘lov amalga oshirgan mijozlarga 60 ming so‘mlik bir martalik keshbek taklif etildi.

Shuningdek, 50 ming donadan ortiq “WELCOME” instant kartalari filiallarga yetkazildi. AYoQShlarning o‘zida BRB mobil ilovasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Joylarda xizmat ko‘rsatishni samarali tashkil etish uchun mas’ul xodimlar biriktirildi va mijozlar oqimini tezkor qamrab olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Farmon ijrosi samaradorligini ta’minlash maqsadida xodimlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ofis-menejerlar va kassirlar uchun treninglar tashkil etildi, call-markaz mutaxassislari maxsus o‘qitildi. Metodik qo‘llanmalar, skriptlar va servis standartlari joriy qilinib, barcha aloqa kanallarida yagona ssenariy asosida ishlash tizimi shakllantirildi.

Nazorat va monitoring tizimi ham mustahkamlandi. Har bir AYoQSh va savdo nuqtasiga mas’ul bank xodimlari biriktirildi. Xodimlar maxsus beydjiklar bilan ta’minlandi, xizmat faoliyati uchun 2 mln so‘m limitli VISA kartalari ajratildi. Texnik uzilishlarni tezkor bartaraf etish uchun tunu-kun faoliyat yurituvchi xizmat guruhi shakllantirildi. Maxsus Telegram ishchi guruhlari orqali kunlik tahlil, taklif va kamchiliklar monitoringi olib borilmoqda.

Tadbir so‘nggida OAV va blogerlar mavzu yuzasidan oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.