Milliy matbuot markazida brifing o‘tkazildi
Joriy yilning 21-yanvar kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan brifing tashkil etildi. Unda bankning 2025-yildagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlari va erishilgan iqtisodiy natijalari haqida axborot berildi.
Bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripovning qayd etishicha, 2026-yilning 1-yanvar holatiga “Biznesni rivojlantirish banki”ning umumiy kapitali 5 trln 269 mlrd 400 mln soʻmni tashkil etgan. Yaʼni bank kapitali 974 mlrd soʻmga yoki 22,7 foizga oʻsgan.
Bankning jami aktivlari esa 38 trln 167 mlrd 731 mln soʻmga yetdi. Jami aktivlar oʻtgan yilga nisbatan 6 trln 34 mlrd soʻmga oshdi. Bu 18,8 foizga oʻsishni anglatadi.
Biznesni rivojlantirish bankining daromad keltiruvchi aktivlari 32 trln 184 mlrd 800 mln soʻmga yetdi. Daromad keltiruvchi aktivlari oʻtgan yilga nisbatan 5 trln 382 mlrd soʻmga oshdi yoki 20,1 foizga oʻsish kuzatildi. Ushbu aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi 84,3 foizini tashkil qildi.
Bankdagi banklararo depozitlari qoldigʻi 4 trln 417 mlrd 500 mln soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 1 trln 32 mlrd 200 mln soʻmga oshdi. Yoki 30,5 foiz oʻsishga erishilgan.
Brifingda taʼkidlanganidek, 2026-yilning 1-yanvar holatiga, Biznesni rivojlantirish bankining kredit qoʻyilmalari 24 trln 551 mlrd 958 mln soʻmga yetgan. Bu borada oʻtgan yilga nisbatan 2 trln 25 mlrd 327 mln soʻmga yoki 8,9 foizga oʻsishga erishilgan.
Bankdagi depozit baza 15 trln 241 mlrd 200 mln soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilga nisbatan 4 trln 476 mlrd 300 mln soʻmga oshdi. Bu 41,6 foizga oʻsish demakdir.
Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha bankning jami mijozlari soni 1 mln 865 ming 608 nafardan oshdi.
Brifingda bank tomonidan biznes rivojiga yoʻnaltirilgan moliyaviy sarmoyalar haqida ham axborot berildi. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 7 601 nafar tadbirkorga 820 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan. Buning natijasida 7 809 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Bankga biriktirilgan 610 ta mahallada jami 5 trln 215 mlrd soʻm kredit ajratilib, 262 ming 293 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan 97 ming 328 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 164 ming 965 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 6 689 ta moliyaviy paketlar, shu jumladan, 28 ming 12 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 704 mlrd soʻm kredit ajratildi. Natijada 57 604 nafar aholi bandligi taʼminlandi.
“Uychi tajribasi” asosida 1 368 ta uchrashuv oʻtkazilib, 5 620 ta murojaat koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 8 688 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
2025-yilda xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ayol tadbirkor” kredit mahsuloti orqali 1 530 nafar tadbirkor ayolga 192 mlrd 400 mln soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida 2 300 ta yangi ish oʻrni vujudga keldi.
Umuman olganda 2025-yilda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 10 trln 380 mlrd soʻm kredit ajratilgan.
Brifingda bank kelgusida ham zamonaviy xizmatlarni koʻrsatish, kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali xalqimiz va mijozlar ishonchini qozonishga intilishi taʼkidlandi.
Bank axborot xizmati
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.