Mikro, kichik va o‘rta korxonalar uchun seminar: kreditlar va imtiyozlar
Biznes Rivojlantirish Banki mikro, kichik va o‘rta korxonalarni (MKUK) davlat tomonidan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturlar doirasida taqdim etilayotgan kredit dasturlari va ularga tegishli imtiyozlar haqida to‘liq ma’lumot berishga bag‘ishlangan seminarga taklif etadi.
Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi mavzularda yangi bilimlarga ega bo‘ladilar:
Davlat tomonidan taqdim etilayotgan kredit dasturlarining afzalliklari va ularning biznes uchun imkoniyatlari;
Kredit olish tartibi, asosiy shartlar va talab qilinadigan hujjatlar;
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan soliq va moliyaviy imtiyozlar hamda boshqa chora-tadbirlar.
Seminar tafsilotlari:
Sana: 2024-yil 3-dekabr
Vaqt: 15:00
Format: Onlayn (Zoom platformasi orqali)
https://brb-uz.zoom.us/j/87434251563?pwd=si00IiPaNasSbl9RJWEWDohbRbgsra.1
Tadbirga havola 2024 yil 3 dekabr kuni e'lon qilinadi.