Mehmonxona qurish uchun qurilish pudrat tashkilotini tanlash
“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda mehmonxona majmuasini qurish ishlarini amalga oshirish maqsadida qurilish pudrat tashkilotini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilamiz!
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Chingeldi” MFY hududidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash 0,32 ga yer maydonida “Brb-Investdevelopment” MChJ buyurtmachiligi ostida quriladigan zamonaviy mehmonxona obyekti bo‘yicha qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida qurilish pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun professional qurilish pudrat tashkilotlar taklif etilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va loyiha-smeta hujjatlariga ijobiy davlat ekspertiza xulosasi hamda Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi tomonidan ijobiy xulosalar olingandan so‘ng obyektning joriy narxlardagi qiymatiga nisbatan eng past foiz taklif etgani tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi va narx (foizda beriladi) taklifi ulushi baholanadi.
Obyekt “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlov ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 18 “A”- uyda ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2025-yil 18-fevral kuni soat 18.00 gacha qilib belgilanadi.
Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “Brb-Investdevelopment” MChJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.
Mas’ul shaxs telefon raqami: +99897 192 11 11
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.