Ma’lumotlarni saqlash tizimlari, zaxira nusxa ko‘chirish tizimlari va kommutatorlarni xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan, bank ehtiyoji uchun ma’lumotlarni saqlash tizimlari, zaxira nusxa ko‘chirish tizimlari va kommutatorlarni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq ma’lumotlarni saqlash, zaxira nusxa ko‘chirish tizimlari va kommutatorlarni potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmat(tovar)larni yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 25-iyul soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.