“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha”
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qildi.
Loyiha mahallalar xududida amalga oshirish rejalashtirilgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish, biznes loyihalar tashabbuskorlarini ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi.
Koʻrik-tanlovda tadbirkorlar va fermerlar oʻz biznes loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan boʻlishi tanlovning asosiy sharti hisoblanadi.
Tanlovda mahallalarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik beriladi.
“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika koʻrik-tanlovi 2024-yilning 10-avgustiga qadar davom etadi.
Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi arafasida eʼlon qilinadi. Tanlovda eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi.
Shuningdek, gʻolib deb topilgan loyihalar tashabbuskorlari tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok eting va mahalla taraqqiyotiga oʻz hissangizni qoʻshing!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
https://www.facebook.com/profile.php?id=61555352247559&mibextid=kFxxJD
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.