Loyiha va pudrat tashkilotini tanlab olish uchun tanlov
Xiva shahrida zamonaviy Yopiq akvapark majmuasini qurib bitkazish maqsadida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida professional loyiha va qurilish pudrat tashkilotini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilamiz!
Xorazm viloyatining Xiva shahrida barpo etilishi mo‘ljallangan zamonaviy turistik majmuaning “BRB-CAPITAL” MChJ buyurtmachiligi ostida quriladigan “Yopiq akvapark” (№11-lot) obyekti uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida professional loyihalashtirish va pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun professional loyihachi va pudrat tashkilotlar taklif etilmoqda.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda olib borilishi sababli tanlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va obyektning joriy narxlardagi qiymatiga nisbatan eng past foiz taklif etgani tanlash g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi va narx (foizda beriladi) taklifi ulushi baholanadi.
Obyekt “BRB-CAPITAL” MChJning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlash ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 18 “A”- uyda ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2024-yil 24-sentabr kuni soat 16.00 gacha qilib belgilanadi.
Tanlashda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “BRB-CAPITAL” MChJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.
Mas’ul shaxs telefon raqami: +99890 958 88 88
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.