Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
E'lon

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotini tanlab olish yuzasidan tanlov

20.02.2025
3 min

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimgan MFY hududida Apart-otel obyektini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotini tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilamiz!

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimgan MFY hududi Sazbet ko‘chasi, 192-uy manzilida 0,2 ga yer maydonida belgilangan talablarga asosan zamonaviy, tabiat bilan uyg‘unlashgan dizayn asosida Apart-otel obyektini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish maqsadida loyihalash tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun professional loyihalash tashkilotlari taklif etilmoqda.

Tanlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va samarali iqtisodiy takliflar kiritgan tashkilot tanlash g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi (“C” va undan yuqori) va narx (foizda beriladi) taklifi ulushi baholanadi. Qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini inobatga olib, tijoriy takliflarni taqdim qilishda loyiha tashkilotlari loyihaning dastlabki qiymatidan ma’lum bir miqdorda foiz ko‘rinishida o‘z takliflarini berishlari lozim bo‘ladi.

Obyekt “BRB-CAPITAL” MCHJ o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tanlash ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 282- uy manzilida ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2025-yil 27-fevral kuni soat 16.00 gacha qilib belgilanadi.

Tanlashda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “BRB-CAPITAL” MCHJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.

Mas’ul shaxs telefon raqami: +99897 474 -42-95

 Texnik topshiriq

1-5 shakllar

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.