Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
E'lon

Koʻp funksiyali Telegram-bot ishlab chiqish boʻyicha tijorat takliflarini qabul qilish tanlov

21.07.2025
3 min

«Biznesni rivojlantirish mikromoliya tashkiloti» MChJ tashkilotning potensial va mavjud mijozlari uchun koʻp funksiyali Telegram-bot ishlab chiqish boʻyicha tijorat takliflarini qabul qilish tanlovini eʼlon qiladi.

Loyihaga qoʻyiladigan asosiy talablar:

  1. WebView (Telegram ichidagi oʻrnatilgan veb-interfeys)ni qoʻllab-quvvatlash:
    Bot doirasida mikromoliya tashkilotining barcha xizmatlarini oʻz ichiga olgan WebView (oʻrnatilgan sahifalarga oʻtish imkonini beruvchi bot-menyu) mavjud boʻlishi kerak, jumladan:

    • Xizmatlar boʻyicha maslahatlar;

    • Arizalarni koʻrish va rasmiylashtirish;

    • Hujjatlarni onlayn imzolash (agar texnik imkoniyat boʻlsa).

  2. Asosiy funksional:

    • OneID (Yagona identifikatsiya tizimi) orqali foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va avtorizatsiya qilish;

    • Skoringdan oʻtish va onlayn-kreditni rasmiylashtirish;

    • Arizalar holatini koʻrish;

    • Kreditlarni boshqarish (toʻlovlar jadvalini koʻrish, operatsiyalar tarixi);

    • Tashkilotning CRM-tizimi bilan oʻzaro ishlash (API orqali maʼlumotlarni uzatish, arizalarni avtomatik yaratish);

    • Arizalarni kelishish jarayoni;

    • Kredit mablagʻlarini avtomatik tarzda oʻtkazib berish imkoniyati;

    • Toʻlovlarni avtomatik yechib olishni (avtospisaniye) joriy etish (agar texnik imkoniyat mavjud boʻlsa).

  3. Integratsiyalar:

    • Tashkilotning CRM-tizimi API-si;

    • Skoring xizmatlari;

    • Elektron toʻlov tizimlari va mablagʻlarni oʻtkazish tizimlari.

  4. Qoʻshimcha talablar:

    • Yuqori darajadagi xavfsizlik (maʼlumotlar xavfsizligiga oid amaldagi talablarga rioya qilgan holda);

    • Koʻp tilli interfeys (oʻzbek, rus, ingliz);

    • Funksionalni kelgusida kengaytirish uchun moslashuvchanlik.

Tijorat taklifiga qoʻyiladigan talablar:

  • Loyihani amalga oshirish muddati – 3 oy;

  • Batafsil smeta (ishlab chiqish, integratsiyalar, texnik qoʻllab-quvvatlash);

  • Joriy etish narxi va u bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan xarajatlar;

  • Kafolat majburiyatlari va texnik kuzatuv shartlari;

  • Kelgusidagi hamkorlik boʻyicha taklif (qoʻshimcha ishlanmalar, texnik yordam va h.k.).

Hamkorlikning boshqa shakllari ham koʻrib chiqiladi.

Takliflarni topshirish muddati: 2025-yil 25-iyulgacha.

Takliflar quyidagi elektron pochta manzilida qabul qilinadi: brmt@brb.uz

Savollar boʻyicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998-71-202-75-75

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.