Kichik va o'rta biznes vakillari diqqatiga!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Jahon bankining "MUNIS" loyihasi bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun grantlar ajratish loyihasini e’lon qiladi.
Mazkur dasturda "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda kichik va oʻrta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirish, ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida oʻz imkoniyatlarini takomillashtirish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar moliyalashtiriladi.
Grant dasturining asosiy shartlari:
Grant miqdori har bir loyiha uchun 50 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish - O‘zbekiston Respublikasi hududida 12 oygacha.
"Biznesni rivojlantirish banki" hamkor tashkilot sifatida mazkur dasturga kelib tushgan loyihalarni kredit shartnomasi asosida qo'shma moliyalashtirishga tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatadi.
Grant mazkur sohalar bo'yicha ajratilishi rejalashtirilgan:
Agro-oziq-ovqat texnologiyalari;
Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar;
Yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar;
Konchilik va metallurgiya sanoati;
Biotexnologiyalar va farmatsevtika;
Mashinasozlik va avtomobilsozlik.
Arizalarni topshirish muddati: 2024-yil 20-iyuldan 30-sentabrigacha.
Mazkur tanlov shartlari va dasturga oid barcha savollarga javob va tushuntirishlar berish maqsadida, joriy yilning 30-iyul soat 10:00 da Jahon bankining xalqaro ekspertlari tomonidan maxsus seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'tkazilish joyi: "Biznesni rivojlantirish banki" binosi.
Seminarlarida ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak.
Qoʻshimcha maʻlumot uchun:
📍Tel: +998 99 887 77 98, +998 94 353 90 45
E-mail: munis@wbgrants.uz
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.