Kichik biznesni rivojlantirish yoʻlida yangi muloqot maydoni
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Bosh ofisida Osiyo Taraqqiyot Banki konsultanti Devrim Ziya Tavil ishtirokida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatlari samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan Workshop (amaliy seminar) bo‘lib o‘tdi.
Unda tizimdagi bir nechta muhim boʻgʻinlar vakillari mushtarak maqsad yoʻlida birlashdi. Xususan, “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJ rahbarlari, departament direktorlari va masʼul xodimlari, bankning Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Raqamli bank xizmatlari markazlari boshqaruvchilari ishtirok etdi.
Workshopning asosiy maqsadi — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatida zamonaviy nomoliyaviy xizmatlar koʻrsatish tizimini joriy etish, Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari faoliyatining mavjud holatini tahlil qilish, tadbirkorlarning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda markazlarning maqsadli operatsion modeli, koʻrsatiladigan xizmatlar portfeli, tashkiliy tuzilmasi hamda keyingi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish chiqishdan iborat.
Tadbir davomida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishda yuzaga kelayotgan masalalar, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va mijozlarga xizmat koʻrsatish tezligini oshirish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Tadbir yakuniy natijasidan kelib chiqib, Kichik biznesga koʻmaklashish markazlarining maqsadli modeli, koʻrsatiladigan xizmatlar portfeli, tashkiliy tuzilmasi hamda keyingi amaliy harakatlar rejasi loyihasi tayyorlanadi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Korporativ biznes menejerlari uchun treningi oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.