Kichik biznes yo‘nalishi uchun operatsion va tahliliy CRM axborot tizimini joriy etish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kichik biznes yo‘nalishi uchun operatsion va tahliliy CRM axborot tizimini joriy etish imkoniyatlarini baholash maqsadida bozorni o‘rganish (market research) ishlarini olib bormoqda.
Mazkur bozorni o'rganish jarayoni doirasida Bank CRM yechimlarini taklif etuvchi kompaniyalardan mavjud yechimlar bo‘yicha taqdimotlar (prezentatsiyalar) hamda axborot xarakteridagi tijorat takliflarini qabul qiladi.
Ushbu e’lon byudjetlashtirish va konseptual tahlil maqsadida e’lon qilinib, xarid yoki tanlov o‘tkazish majburiyatini anglatmaydi.
Taqdim etiladigan materiallarda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi so‘raladi:
CRM yechimining funksional imkoniyatlari;
joriy etish tajribasi;
joriy etish muddati;
Materiallarni xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh., A. Navoiy ko‘chasi, 18A-uy manziliga yuborish mumkin.
Materiallarni taqdim etish muddati: 2026-yil 9-fevral, soat 18:00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.