Kichik biznes yo‘nalishi uchun operatsion va tahliliy CRM axborot tizimini joriy etish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda kichik biznes yo‘nalishi uchun operatsion va tahliliy CRM axborot tizimini joriy etish” rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 27-oktabr soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.