Karyera kuni: BRB — istiqbolli karyera maskani
Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) yosh mutaxassislar uchun tashkil etilgan "Karyera kuni" doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘zining zamonaviy HR brendi va ish beruvchi sifatidagi keng imkoniyatlarini taqdim etdi.
Bankning HR brendini izchil rivojlantirish hamda bankni malakali mutaxassislar uchun eng jozibador ish beruvchi sifatida targ‘ib qilish mazkur ishtirokning asosiy maqsadidir.
Tadbir davomida bank vakillari talabalarga “Biznesni rivojlantirish banki” nafaqat moliya muassasasi, balki shaxsiy va professional o‘sish uchun ulkan imkoniyatlar maydoni ekanligini soda va oddiy misollar bilan tushuntirdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlarga bankda joriy etilgan tizimli islohotlar va xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi:
Karyeraviy o‘sish: Shaffof, halol mehnat qilib, mutaxassislarning yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi;
Zamonaviy korporativ madaniyat: Xodimlarning o‘z ustida ishlashi uchun tashkil etilgan o‘quv kurslari va treninglar;
Ijtimoiy himoya: Raqobatbardosh ish haqi, mukofotlash tizimi va kuchli ijtimoiy paket.
Bank stendida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida bo‘lajak diplomatlar va iqtisodchilar bankka ishga kirish bosqichlari, malaka dasturlari va BRB jamoasining bir qismi bo‘lish shartlari bilan tanishdilar.
Tadbir yakunida ko‘plab iqtidorli talabalar bankda faoliyat yuritish istagini bildirib, o‘z rezyumelarini (CV) taqdim etdilar. Bu kabi zamonaviy usullar orqali bank o‘zining kadrlar zaxirasini eng sara mutaxassislar bilan boyitishda davom etadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” — orzuingizdagi karyerani biz bilan quring!
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bank xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.