Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Hushyorlik — mablagʻlaringizning eng ishonchli himoyasidir!

18.03.2026
2 min

Soʻnggi vaqtlarda “bank omonatingizdan mablagʻ yechildi” degan mazmundagi yolgʻon xabarlar orqali fuqarolarni chalgʻitish va ularning bank kartalari hamda hisob raqamlaridan noqonuniy ravishda pul yechib olish holatlari kuzatilmoqda.

Firibgarlar odatda oʻzlarini bank xodimi sifatida tanishtirib, mijozlarga shoshilinch ravishda “xavfsizlik chorasi” sifatida karta maʼlumotlari, SMS-kodlar yoki parollarni taqdim etishni soʻraydilar. Baʼzi hollarda esa feyk havolalar orqali shaxsiy maʼlumotlarni qoʻlga kiritishga urinishmoqda.

Shu munosabat bilan barcha mijozlardan quyidagilarga qatʼiy amal qilish soʻraladi:

·Bank kartangiz maʼlumotlari (raqam, amal qilish muddati, CVV-kod)ni hech kimga bermang;

·SMS orqali kelgan bir martalik kodlarni boshqalarga aytmang;

·Nomaʼlum raqamlardan kelgan qoʻngʻiroq va xabarlarga ishonmang;

·Shubhali havolalarga kirmang;

·Faqat rasmiy bank ilovalari va saytlaridan foydalaning.

Eslatib oʻtamiz: bank xodimlari hech qachon mijozlardan maxfiy maʼlumotlarni soʻramaydi.

Agar siz shubhali holatga duch kelsangiz, darhol bankning rasmiy aloqa markaziga murojaat qiling yoki kartangizni vaqtincha bloklang.

Hushyorlik — mablagʻlaringizning eng ishonchli himoyasidir!

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.