Hamkorlik memorandumi imzolandi
2024-yilning 20-iyun kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:
– mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi daromadlarini oshirishga va eksportni ta’minlashga hissa qo‘shayotgan korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
– mahallalar taraqqiyotiga qaratilgan eng yaxshi biznes loyihalarni aniqlash, saralash va biznes loyihalar tashabbuskorlarini rag‘batlantirish;
– mahallalar taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan biznes loyihalarni moliyalashtirish va tatbiq etish;
– mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish;
– mahallalar taraqqiyotiga faol hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar faoliyatini jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish;
– mahallalarda mahalla raisi, hokim yordamchisi va tijorat banklari vakillarining hamkorlikda ishlashini ta’minlash;
– mahallalarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali o‘rta biznes vakiliga aylantirish.
– aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, fuqarolarda biznes yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar va boshqa loyihalarni hamkorlikda tashkil etish va o‘tkazish.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamkorligida “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” va “Eng yaxshi tadbirkor” Respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar haqida ham kelishib olindi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.