Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Hamkorlik bitimi imzolandi

03.07.2024
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish guruhi (MUNIS) va Yevroosiyo texnologiya universiteti (ETU) o’rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur bitimga ko’ra, tomonlar respublikamizda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Innovatsion qobiliyat dasturi doirasida kichik va oʻrta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarga ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida oʻz imkoniyatlarini oshirish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishilgan.

Dasturda oziq-ovqat, tibbiyot, kimyo, konchilik, metallurgiya, biotexnologiya, farmatsevtika, mashinasozlik va avtomobilsozlik sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi kichik va oʻrta korxonalar ishtirok etishi mumkin.

Dasturni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan umumiy miqdorda 10 mln. AQSh dollarlik grant mablag‘lari ajratiladi. Shundan  “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan moliyalashtirish uchun tanlangan korxonalarning har bir loyihasi uchun Jahon banki tomonidan 12 oydan 24 oygacha 50 ming dollargacha grant mablag‘lari taqdim etilishi mumkin.

Ushbu mablag‘lar uskunalar, agregatlar, mexanizmlar, materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish, subpudrat ishlarini amalga oshirish,  sertifikatlash, litsenziyalash, metrologiya xizmatlari bilan bog‘liq harajatlarni qoplash, dasturiy ta‘minotni sotib olish hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa harajatlarga ishlatilishi mumkin.


Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.