“Faol mijoz” aksiyasi: xalqaro pul o‘tkazmalari uchun FIFA 2026 esdalik kumush tangalari
Xalqaro pul o‘tkazmalarini BRB orqali amalga oshiring va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xalqaro pul o‘tkazmalaridan foydalanuvchi mijozlar uchun “Faol mijoz” aksiyasini o‘tkazmoqda.
Aksiya doirasida BRB bank xizmat ko‘rsatish ofislari, bank xizmat ko‘rsatish markazlari yoki BRB mobil ilovasi orqali xalqaro pul o‘tkazmasini yuborgan yoki qabul qilgan mijozlar sovrinlar o‘yinida avtomatik ravishda ishtirok etadi.
Aksiya muddati
Aksiya 2026-yil 1-avgustdan 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.
Aksiya uchta oylik bosqichda o‘tkaziladi:
Bosqich | Aksiya davri |
1-bosqich | 2026-yil 1-avgustdan 31-avgustgacha |
2-bosqich | 2026-yil 1-sentabrdan 30-sentabrgacha |
3-bosqich | 2026-yil 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha |
Har bir bosqich yakunlari keyingi oyning 10-sanasiga qadar yoki ushbu sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, undan keyingi birinchi ish kunida sarhisob qilinadi.
Bank tashabbusiga ko‘ra aksiya muddati uzaytirilishi mumkin. Bunday holatda mijozlarga Bankning rasmiy axborot kanallari orqali qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Aksiyada kimlar ishtirok etishi mumkin?
Aksiyada:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarining yoshga doir talablariga javob beruvchi jismoniy shaxslar;
BRB orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yuboruvchi yoki qabul qiluvchi mijozlar ishtirok etishi mumkin.
Bank xodimlari aksiyada ishtirok eta olmaydi.
Aksiyada qanday ishtirok etiladi?
Aksiyada ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish, maxsus shaklni to‘ldirish yoki qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
Ishtirok etish uchun aksiya davomida quyidagi operatsiyalardan kamida bittasini amalga oshirish kifoya:
BRB ofislari orqali
BRBning istalgan bank xizmat ko‘rsatish ofisi yoki bank xizmat ko‘rsatish markazida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali:
xorijga pul yuborish;
xorijdan kelib tushgan pul o‘tkazmasini qabul qilish.
Xalqaro pul o‘tkazmalari Western Union, MoneyGram, Astrasend, Zolotaya Korona va Bankda mavjud bo‘lgan boshqa tizimlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
BRB mobil ilovasi orqali
BRB mobil ilovasi yordamida:
xalqaro pul o‘tkazmasini masofadan yuborish;
xalqaro pul o‘tkazmasi orqali kelib tushgan mablag‘ni qabul qilish.
Operatsiya amalga oshirilgandan so‘ng mijoz aksiya ishtirokchilari ro‘yxatiga avtomatik ravishda kiritiladi.
Minimal summa yoki operatsiyalar soni bo‘yicha talab bormi?
Yo‘q. Aksiyada ishtirok etish uchun pul o‘tkazmasining minimal summasi belgilanmagan.
Shuningdek, amalga oshiriladigan operatsiyalar soniga nisbatan ham minimal talab mavjud emas. Aksiya muddati davomida kamida bitta xalqaro pul o‘tkazmasini yuborish yoki qabul qilish ishtirok etish uchun yetarli.
Bir nechta pul o‘tkazmasi ko‘proq imkoniyat beradimi?
Yo‘q. Mijoz aksiya davomida bir yoki bir nechta xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshirganidan qat’i nazar, har bir oylik bosqichda bitta ishtirokchi sifatida qatnashadi.
Ya’ni bir mijozning bir nechta operatsiya amalga oshirishi uning g‘olib bo‘lish imkoniyatlari sonini oshirmaydi.
G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Har bir oylik bosqich yakunlangach, aksiya ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bankning avtomatlashtirilgan bank tizimi asosida shakllantiriladi. G‘oliblar BRB bank ofislari va BRB mobil ilovasi orqali xalqaro pul o‘tkazmalaridan foydalangan mijozlar orasidan tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. G‘oliblarni aniqlash jarayoni Bank tomonidan tuzilgan maxsus komissiya nazoratida o‘tkaziladi.
Sovrinlar
Har bir oylik bosqich yakuniga ko‘ra 3 nafar g‘olib aniqlanadi.
Har bir g‘olibga:
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga bag‘ishlangan esdalik kumush tangasi yoki unga teng qiymatdagi qimmatbaho sovg‘a taqdim etiladi.
Aksiya uch bosqichdan iborat bo‘lgani sababli, aksiya davomida jami 9 nafar g‘olib aniqlanishi ko‘zda tutilgan.
G‘oliblar qanday xabardor qilinadi?
G‘olib aniqlangan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Bank xodimlari g‘olib bilan Bank tizimida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami orqali bog‘lanadi. Shuningdek, g‘oliblar ro‘yxati bankning veb-say va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi. Mijoz Bank tizimida ko‘rsatilgan telefon raqamining to‘g‘ri va faol ekanligiga ishonch hosil qilishi tavsiya etiladi.
Sovrinni olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Sovrinni qabul qilib olish uchun g‘olib pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini, STIR ya’ni soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami nusxasini taqdim etishi lozim. Sovrinni topshirish joyi va vaqti g‘olib bilan bog‘lanilganda qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
Aksiya qayerda o‘tkaziladi?
Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi. Unda BRB ofislari, BRB mobil ilovasi orqali xalqaro pul o‘tkazmalaridan foydalanuvchi mijozlar qatnashishi mumkin.
Muhim shartlar
Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi.
Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin hisoblanmaydi.
Aksiya bo‘yicha taqdim etiladigan sovrinlar mijoz tomonidan topshirilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov yoxud moddiy yordam hisoblanmaydi.
Bank aksiya qoidalariga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish yoki aksiyani muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega. Bunday o‘zgarishlar kuchga kirishidan kamida 3 kun oldin BRB veb-saytida e’lon qilinadi.
Kiritilgan o‘zgarishlar ular kuchga kirguniga qadar aniqlangan g‘oliblarning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Aksiya doirasida yuzaga keladigan nizolar dastlab muzokaralar orqali hal etiladi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
BRB orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshiring
BRB ofislari yoki BRB mobil ilovasi orqali xalqaro pul o‘tkazmasini yuboring yoki qabul qiling va “Faol mijoz” aksiyasida avtomatik ravishda ishtirok eting.
Ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Minimal summa mavjud emas. Har oy 3 nafar g‘olib aniqlanadi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.