Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Falastinlik oilalarga iftorlik tashkil qilindi

27.02.2026
4 min

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-133-son Farmoni inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan navbatdagi muhim qadam boʻldi.

Farmonga asosan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga 2 ta falastinlik oila biriktirilgan. Bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan har bir oila uchun tizimli va manzilli yordam koʻrsatilmoqda. Xususan, falastinlik fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlari, ularni tibbiy xizmat, taʼlim va ijtimoiy himoya bilan taʼminlash kabi barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.

Ana shunday oilalardan biri Rania Murtaja oilasidir. Ular hozirda Qibray tumanida istiqomat qilmoqda. Uning qizi Aya Murtaja Boʻstonliq tumanidagi “Summit School” xususiy maktabida ishga joylashtirilgan.

Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda oilalarning barcha ehtiyojlari uchun koʻmak berilib, ularning holidan doimiy ravishda xabar olinib kelinmoqda. Yaqinda ushbu oilalar uchun bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan iftorlik dasturxoni yozildi.

– Oʻzbekiston davlatiga, uning Prezidentiga rahmat aytamiz, – deydi Rania Murtaja. – Alloh sayʼ-harakatlaringizni barakali qilsin. Butun oʻzbek xalqiga minnatdorlik bildiramiz. Bizni hech kim eʼtiborsiz qoldirmadi. Oʻzimizni ikkinchi Vatanimizda yurgandek his qilamiz. Xalqingiz juda vafodor va mehmondoʻst ekan. Allohdan keyin ular bizga tayanch va yordamchi boʻldi. Bizga tibbiy va ijtimoiy yordam hamda boshqa barcha kerakli yordamlarni koʻrsatdi. Biz oʻzimizni goʻyoki oʻz yaqinlarimiz orasidagidek his qildik. Alloh qilayotgan sayʼ-rakatlaringizni barakali qilsin. Oʻzbekistonga Ramazon muborak boʻlsin!

– Oʻzbekiston prezidenti va xalqiga rahmat aytaman, – deydi Aya Murtaja. – Oʻzbek xalqi bilan juda yaxshi chiqishib ketdim. Maktabda yordamchi oʻqituvchi boʻlib ishlayapman. Sizlarga katta arhmat. Bizga yordam berganlarning har biriga alohida minnatdorlik bildiraman.

Yana bir oila – Soha Abunada oilasi Toshkent shahri, Yangihayot tumanida istiqomat qilmoqda. Soha oliy maʼlumotli oʻqituvchi (arab filologiyasi). Bugungi kunda u “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Inson resurslarini boshqarish (HR) departamentida ishlamoqda. Qizi Zaina Abunada Yangihayot tumanidagi 304-maktabda oʻqimoqda.

– Yashashimiz, ishlashimiz, farzdanlarimizning taʼlim olishi uchun barcha sharitlar qilib berildi, – deydi Soha Abunada. – Bizning oilamizdan "Biznesni rivojlantirish banki" xodimlari doimiy xabar olib turishadi. Buning uchun avvalo Prezident Shavkat Mirziyoyevga va oʻzbek xaliqiga rahmat aytamiz.

Falastinlik fuqarolarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik xalqimizning azaliy mehmondoʻstlik, hamdardlik va saxovat anʼanalarining davlat siyosati darajasidagi ifodasidir. Shu maʼnoda, Prezidentimizning yuqorida keltirilgan Farmoni ijtimoiy ahamiyatga ega hujjat boʻlish bilan birga, global muammolarga insonparvarlik nuqtayi nazaridan yondashishning amaliy namunasi sifatida ham qimmatlidir.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.