ESKROU hisobraqamidan foydalanish tartibi
Hurmatli mijozlar, 2026-yil 1-apreldan boshlab uy-joy hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar eskrou hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, xaridor bankda eskrou hisobraqami ochadi va bitim uchun mo‘ljallangan mablag‘ni ushbu hisobraqamga joylashtiradi. Bitim notarial tartibda tasdiqlangach, mablag‘ sotuvchiga o‘tkaziladi. Bu esa hisob-kitob jarayonining xavfsiz va shaffof amalga oshirilishini ta’minlaydi. Eskrou hisobraqamini ochish va unga xizmat ko‘rsatish shartlari ommaviy oferta asosida belgilanadi.
Batafsil: Ommaviy oferta bilan tanishing
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.