Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

E'lon

"Eng yaxshi tadbirkor" ko'rik-tanlovi o'tkaziladi

24.07.2024
3 min

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va O'zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida "Eng yaxshi tadbirkor" ko'rik-tanlovi e'lon qilinadi.

Ko'rik tanlovning asosiy nominatsiyasi: "Eng yaxshi tadbirkor".

Shuningdek, quyidagi qo'shimcha nominatsiyalarda ham o'tkaziladi:

  • "Eng yaxshi yosh tadbirkor";

  • "Eng yaxshi ayol tadbirkor".

Ko'rik tanlovning har bitta nominatsiyasi bo'yicha 1,2,3-o'rin sohiblari aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg'alari topshiriladi.

Talabgorlar ishtirok etish uchun ariza va biznes-reja (mavjud va rejalashtirilayotgan biznes loyihalar aks etgan bo'lishi lozim) bilan "Biznesni rivojlantirish banki"ning bank xizmatlari ofislari (markazlari)ga murojaat qiladi.

Ko'rik-tanlovda ishtirok etish uchun mijozlar tomonidan ariza, biznes-reja, moliyaviy hisobotlar hamda o'z taklifi yoki loyihasi samaradorligini himoya qilish uchun boshqa hujjatlar va ma'lumotlar taqdim qilinadi.

Ko'rik-tanlovni o'tkazish muddatlari:

  • 2024-yil 18-iyuldan 2-avgustgacha tadbirkorlik subyektlaridan ko'rik-tanlovda ishtirok etish uchun ariza va tegishli hujjatlar qabul qilinadi;

  • 2024-yil 5-avgustdan 9-avgustgacha Tanlov komissiyasi tomonidan arizalar va tegishli hujjatlar o'rganib chiqiladi va g'oliblar aniqlanadi;

  • 20204-yil 15-avgust kuni tantanali taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Asosiy nominatsiya bo'yicha g'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o'ringa 200 mln so'm pul yutug'i;

  • 2-o'ringa 100 mln so'm pul yutug'i;

  • 3-o'ringa 50 mln so'm pul yutug'i.

Qo'shimcha nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o'ringa Apple noutbuki;

  • 2-o'ringa iPad plansheti;

  • 3-o'ringa iPhone 15 smartfoni.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.