Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

E'lon

E'lon

17.12.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” АTB ga Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari uchun umumiy moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida hisob siyosatini yozib beruvchi hamda ushbu hisob siyosatiga asosan bankning dasturiy taʼminotlarini avtomatlashtiruvchi auditorlik, konsalting hamda IT tashkilotlarining dastlabki narxni aniqlash maqsadida tijorat takliflarini oʼrganish oʼtkazilishini eʼlon qiladi.

Ushbu xizmatni koʼrsatish boʼyicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʼlgan, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʼtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʼlgan hamda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari boʼyicha xalqaro tajribaga ega boʼlgan, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda boshqa yirik tijorat banklari uchun umumiy moliyaviy hisobotlarning halqaro standartlari asosida hisob siyosatini yozib bergan hamda ushbu hisob siyosatiga asosan bankning dasturiy taʼminotlarini avtomatlashtirish tajribasiga ega boʼlgan auditorlik, konsalting, IT tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.

1. Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari uchun umumiy moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida hisob siyosati yozib beruvchi hamda ushbu hisob siyosatiga asosan bankning dasturiy taʼminotlarini avtomatlashtirish tajribasiga ega auditorlik, konsalting, IT tashkilotlarining dastlabki narx oʼrganish uchun tijorat takliflarini olish.

2. Hozirda loyihani byudjetlashtirish va texnik topshiriq ishlab chiqish maqsadida ushbu xizmatni yetkazib beruvchilarning dastlabki tijorat takliflarini oʼrganish rejalashtirilmoqda.

3. Dastlabki tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddatlari, toʼlov shartlari, shuningdek xizmatni yetkazib berish boʼyicha bajarilishi lozim boʼlgan xizmatlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etilishi lozim.

4. Tanlov oldi dastlabki tijorat takliflarini qabul qilish muddati – 2025 yil 25 dekabr, soat 16.00 gacha. Tanlov oldi dastlabki narx oʼrganish takliflari qogoz yoki elektron tarzda qabul qilinadi

5. Bank nomi va manzili: “Biznesni rivojlantirish banki” АTB. Oʼzbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shaxri, А.Navoiy koʼchasi, 18А, Tel.:(998 78) 150-00-55, Elektron pochta: info@brb.uz

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.