E’LON
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ning DLP tizimi uchun qo‘shimcha litsenziyalar yetkazib berish va texnik-qo‘llab-quvvatlash xizmatini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan tovar/xizmatlarni potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan tovar/xizmatlar yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Shuningdek tijorat taklifida DLP tizimi yetkazib berilganidan so‘ng, uni funksiyaviy jihatdan kengaytirish xizmati narxlari, kafolat va texnik-qo‘llab-quvvatlash xizmatini koʻrsatish muddati tugaganidan keyin ushbu xizmatlar xaridi narxlarini ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 27-avgust soat 16-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.