DLP tizimi uchun qo‘shimcha litsenziyalar yetkazib berish va texnik-qo‘llab-quvvatlash xizmatini xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ning DLP tizimi uchun qo‘shimcha litsenziyalar yetkazib berish va texnik-qo‘llab-quvvatlash xizmatini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan tovarlarni potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan tovarlar yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 29-iyul soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
“Invest platform” elektron platformasini yaratish xizmatlarini xarid qilish
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.