“DISC - samarali boshqaruv kaliti” mavzusida malakalarini oshirish xizmatini xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida transformatsiya jarayonlari samaradorligini oshirish, bank tarikbiy tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro ishonch, maqsadli hamkorlik hamda mazkur tarkibiy tuzilmalarda jamoaviy muhit va ruhiyatni mustahkamlash maqsadida xodimlarning xulq-atvor tiplarini aniqlash, ular bilan to‘g‘ri muloqot qilish, motivatsiyani oshirish va jamoa samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni amalga oshirish uchun rahbar xodimlarni “DISC - samarali boshqaruv kaliti” mavzusida malakalarini oshirish xizmatini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda bank tizimida transformatsiya jarayonlari samaradorligini oshirish, bank tarikbiy tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro ishonch, maqsadli hamkorlik hamda mazkur tarkibiy tuzilmalarda jamoaviy muhit va ruhiyatni mustahkamlash maqsadida xodimlarning xulq-atvor tiplarini aniqlash, ular bilan to‘g‘ri muloqot qilish, motivatsiyani oshirish va jamoa samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni amalga oshirish uchun rahbar xodimlarni “DISC - samarali boshqaruv kaliti” mavzusida malakalarini oshirish xizmatini xarid qilish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq xizmatni potensial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatni yetkazib beruvchilaridan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlari koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, Shayxantaxur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 30-yanvar soat 17-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
“Telegram ADS” texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarini targ‘ibot etish
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.